“Borussiya D” EChLda ajoyib natija qayd etdi
Dortmundning “Borussiya” klubi EChL guruh bosqichi 5-turida “Bryugge” bilan nursiz durang qayd etdi. Ushbu o‘yinda nemis klubi futbolchilari 930 aniq uzatmani amalga oshirgan.
Aynan shu natija EChLda 2003/04 yilgi mavsumidan beri ikkinchi eng yaxshi ko‘rsatgich bo‘ldi.
Bitta o‘yinda eng ko‘p aniq uzatmani amalga oshirgan jamoa “Manchester Siti” hisoblanadi. Xosep Gvardiola shogirdlari tomonidan 2018 yili “Bazel”ga qarshi bahsda 979 aniq uzatma qayd etilgan.

Fikrlar