"Borussiya" Dortmundga Batshuayi kerak emas

  • 20.06.2018 13:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Transfer huquqi “Chelsi” klubiga tegishli bo‘lgan, ammo mavsumning ikkinchi yarmini “Borussiya” Dortmund safida ijara asosida o‘tkazgan hujumchi Mishi Batshuayi yana Londonga qaytadigan bo‘ldi.

Bild nashri tarqatgan xabarga qaraganda nemis klubi 24 yoshli belgiyalik futblchini sotib olishni istamagan. Aniqrog‘i, “aristokratlar” Batshuayi uchun 40 mln evro so‘rashgan, ammo “Borussiya” ushbu mablag‘ni to‘lashni istamagan.

Ma’lumot uchun, Batshuayi “Borussiya” Dortmund safida yarim mavsum davomida jami 14ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 9ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan. U ayni damda Belgiya terma jamoasi safida JCh-2018da ishtirok etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!