Braziliya oktyabrda Saudiya Arabistoni va Argentina bilan o‘ynaydi

  • 07.09.2018 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliya terma jamoasining oktyabr oyida kimlar bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi.

Unga ko‘ra Tite boshchiligidagi pentakampionlar kelasi oy Saudiya Arabistonida 2ta o‘yinda ishtirok etishadi. Aniqrog‘i, Braziliya dastlab 12 oktyabr kuni Ar-Riyod shahrida mezbonlarga qarshi bahs olib borishsa, oradan 4 kun o‘tib Jiddada qo‘shnilari Argentinaga qarshi maydonga tushishadi.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya ertaga safarda AQSh termasi mehmoni bo‘ladi. 12 sentyabr kuni esa Salvadorni sinovdan o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!