
Bu mavsum "Qo‘qon-1912" safida eng ko‘p gol kiritgan futbolchi kim?
Bugun mavsum-2018da kiritilgan gollar borasida to‘xtalib o‘tamiz.
Kimda nechta gol bor?
Mavsum davomida qo‘qonlik futbolchilar raqiblar darvozasiga 33 ta to‘p kiritishdi. Ulardan bittasi avtogol, 32 tasi esa "Qo‘qon-1912" futbolchilari hisobiga yozilgan.
Jamoaning bu yilgi to‘purari Murod Xolmuhammedov bo‘ldi. Xolmuhammedov himoyachi bo‘lishiga qaramay, mavsum davomida 11 ta gol kiritishga muvafaq bo‘ldi.
Suhrob Berdiev va Javohir Sidiqovlar hisobida 4 tadan gol bor.
Kimda nechta gol bor?
Murod Xolmuhammedov – 11 ta
Suhrob Berdiev – 4 ta
Javohir Sidiqov – 4 ta
Darko Gojkovich – 2 ta
G‘iyos Komilov – 2 ta
Nosir Otaqo‘ziev – 2 ta
Jasur Hakimov – 2 ta
Bexruz Sa’dillov – 2 ta
Oybek Rustamov – 1 ta
Quvondiq Ro‘ziev – 1 ta
Muhammadanas Hasanov – 1 ta
Fikrlar