
Bu qiziq. Jeko Chempionlar ligasidagi eng ko‘p golini "Barselona"ga urgan
Rimning “Roma” klubi forvardi Edin Jeko ayni damda davom etayotgan “Barselona”ga (1:0) qarshi EChL chorak final javob bahsida o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Qizig‘i shundaki, bosniyalik futbolchi faoliyati davomida 3-marta ushbu jamoa darvozasini ishg‘ol etdi. U Chempionlar ligasidagi o‘yinlari davomida eng ko‘p golini ham aynan “Barselona” darvozasiga kiritgan.
Ma’lumot uchun, Jeko joriy mavsum “Roma” safida jami 41ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 20ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar