Buffon EChL tarixiga kirdi
PSJ posboni Janluiji Buffon kecha Chempionlar ligasi 1/8 final dastlabki bahsida "Manchestr Yunayted"ga (2:0) qarshi o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
UEFA rasmiy tvitteri tarqatgan xabarga ko‘ra 41 yoshli italiyalik posbon Chempionlar ligasi tarixida 50ta o‘yinda gol o‘tkazib yubormagan 3-darvozabonga aylandi. Qayd etish lozimki u shu kungacha EChLda jami 121ta o‘yinda ishtirok etgan.
Buffon bu borada Edvin van der Sar 51 (98) hamda Iker Kasilyasdan so‘ng 57 (174) kuchli uchlikdan joy olib turibdi.

Fikrlar