
Bugun Osiyo Kubogi – 2019 musobaqasiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi
Bugun 4 may kuni Dubaydagi «Armani Hotel» mehmonxonasida Osiyo Kubogi-2019 musobaqasi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur marosimda OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa taklifiga ko‘raO‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov ham ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, Osiyo Kubogida bu safar tarixda birinchi marta 24ta jamoa ishtirok etadi. Qur’a paytida jamoalar 6tadan to‘rtta savatchaga bo‘linadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2-savatchadan joy olgan.
1-savatcha
BAA
Eron
Avstraliya
Yaponiya
Janubiy Koreya
Saudiya Arabistoni
2-savatcha
Xitoy
Suriya
O‘zbekiston
Iroq
Qatar
Tailand
3-savatcha
Qirg‘iziston
Livan
Falastin
Ummon
Hindiston
Vetnam
4-savatcha
KXDR
Filippin
Bahrayn
Iordaniya
Yaman
Turkmaniston
Qur’a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 20:30da boshlanadi. Qur’a tashlash marosimini OFK bosh kotibi Dato Vindsor Jon bilan birgalikda Eron futboli afsonasi Ali Dayi, o‘z vaqtida “Manchester Siti”da to‘p surgan xitoylik futbolchi Sun Jixay, Hindistonning futbol yulduzi Sunil Chetri va filippinlik Filip Yangxazbandlar olib borishadi.
Marosim soat 20:10dan boshlab «Sport» telekanalida jonli efirda namoyish qilinadi.
Fikrlar