Bugun "San-Paolo"da "jang" bo‘ladi yoxud "Napoli" "Milan"ga qarshi bahs yuritadi

  • 25.08.2018 11:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avval xabar berganimizdek bugun Italiya A Seriyasida ham 2-tur uchrashuvlariga start beriladi. Hususan, shu kuni turning markaziy uchrashuvlaridan biri Neapoldagi “San Paolo” stadionida kechadi. Aniqrog‘i, “Napoli” o‘z maydonida “Milan”ni qabul qiladi.

Ushbu jamoalar qarama-qarshiligiga doir qiziqarli faktlar.

  • “Napoli” va “Milan” shu kungacha o‘zaro 141ta o‘yin o‘tkazishgan va shularning 54tasida “rossonerilar”ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 42tasida neapolliklar zafar quchishgan, qolgan 45tasida esa durang qayd etilgan.
  • O‘tgan mavsum “Napoli” o‘z maydonida “Milan”ni 2:1 hisobida engan.
  • “Milan” “Napoli”ni 2014 yildan buyon, Neapolda esa 2010 yildan buyon mag‘lub eta olmayapti.

Quyida ushbu jamoalarning bugungi o‘yinni asosiy tarkibda boshlashi mumkin bo‘lgan futbolchilarning taxminiy tarkibi bilan tanishib olishingiz mumkin:

"Napoli" – "Milan"

Stadion: "San-Paolo"

Boshlanish vaqti: 23:00

Boshlanish vaqti: Paolo Valeri

Taxminiy tarkiblar:

"Napoli": Karnezis, Xyusay, Albiol, Kulibali, Ruy, Zelinski, Gamshik, Allan, Kalexon, Insine, Milik.

"Milan": Donnarumma, Kalabriya, Kaldara, Romanoli, Rodriges, Kessi, Bilya, Bakayoko, Bonaventura, Suso, Iguain.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!