
Bugun “Uzbek Tigers” jamoasidan g‘alaba kutib qolamiz
Bugun “O‘zbekiston” sport majmuasida Butunjahon boks seriyalari (WSB) VII mavsumida “S” guruhi 3-turida “Uzbek Tigers” jamoasi Rossiyaning “Patriot Boxing Team” jamoasini qabul qiladi.
Kecha har ikki jamoa vakillari va bokschilari ishtirokida matbuot anjumani va vazn tortish marosimi o‘tkazilgan edi. unda bokschilar va murabbiylarimiz mag‘lubiyatlar ortda qolgani hamda o‘z muxlislari oldida faqat g‘alaba uchun ringga chiqishlarini ta’kidladi.
Shuningdek, raqiblar ham saralangan bokschilarini bilan tashrif buyurib, har bir jangda, xususan “Uzbek Tigers” bilan bo‘ladigan uchrashuvda ham g‘alaba uchun ringga chiqishlarini aytib o‘tishdi.
Eslatib o‘tamiz, “Uzbek Tigers” dastlabki ikki uchrashuvni safarda o‘tkazib, “China Dragons” vakillari 3:2, “Astana Arlans Kazakhstan” bokschilariga 4:1 hisoblarida imkoniyatni boy bergan.
Bugungi raqiblarimiz “Patriot Boxing Team” jamoasi esa ilk uchrashuvda qozog‘istonlik bokschilarga mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, xitoyliklarga qarshi kechgan ikkinchi uchrashuvda g‘alaba qozondi.
Bugun ringga chiqadigan bokschilar bilan tanishing:
49 kilogramm:
Hasanboy Do‘smatov - Bator Sagaluev
- Bator Sagaluev: Hasanboy Do‘smatovni engishga harakat qilaman
- “Uzbek Tigers” yulduzi Hasanboy Do‘smatov: Jangga tayyorman!
56 kilogramm:
Abdulhay Shorahmatov - Dmitriy Sharafutdinov
64 kilogramm:
Elnur Abduraimov - Radmir Abdurahmonov
75 kilogramm:
Isroil Madrimov - Rajab Rajabov
91 kilogramm:
Zuhriddin Mahkamov Zuxriddin - Islom Tekeev Islam
"S" guruhi
|
PTS |
MATCHES |
|||
#TEAM |
TOTAL |
TOTAL |
WINS |
LOSSES |
DRAWS |
1. ASTANA ARLANS |
6 |
2 |
2 |
0 |
0 |
2. PATRIOT BOXING TEAM |
4 |
2 |
1 |
1 |
0 |
3. CHINA DRAGONS |
3 |
2 |
1 |
1 |
0 |
4. UZBEK TIGERS |
0 |
2 |
0 |
2 |
0 |
Shuningdek, “Uzbek Tigers” jamoasi 17 mart kuni “China Dragons” bokschilarini va 1 aprel kuni “Astana Arlans” jamoasini Toshkentda qabul qiladi.
Bokschilarimizga omad tilaymiz!
Fikrlar