
Bugun yigitlarimiz "Eybar"ga qarshi o‘ynashadi
Avval xabar berganimizdek O‘zbekiston Professional futbol ligasi hamda Ispaniya La ligasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik kelishuviga ko‘ra Ispaniya Primerosida ishtirok etayotgan “Eybar” klubining U-15 jamoasi kecha yurtimizga o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish uchun tashrif buyurdi.
Eslatib o‘tamiz, “Eybar” U-15 jamoasi bugun poytaxtimizdagi TTYMI stadionida Azamat Abduraimov boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Uchrashuv soat 15:00da start oladi.
Fikrlar