"Buxoro" ilk nazorat uchrashuvini o‘tkazdi
Bugun “Buxoro” jamoasi Toshkentdagi yig‘in doirasida ilk nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Toshkentning “Bunyodkor”yoshlariga qarshi kechgan bahsda buxoroliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Aralash tarkibda harakat qilgan “Buxoro”ning yagona goliga Bahodir Pardaev mualliflik qildi. Uchrashuv davomida Pardaevda dubl qayd etish imkoniyati bo‘ldi, ammo u penaltini golga aylantira olmadi.
Bu uchrashuvda “Buxoro” quyidagi tarkibda harakat qildi:
Amonov, Merzlyakov, Qutiboev, Jumaev, Umurov, Ubaydullaev, Nematov, Sanoev, Shixov, Rajabov, Pardaev.
Zahiradan maydonga tushganlar: Nasimov, Muxiddinov, Olimov, Xoliqov, Dilmurodov, Sulaymonov.


Fikrlar