"Chelsi" Azar o‘rniga Dibalani olib kelmoqchi

  • 30 dekabr, 2018, 19:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi o‘zining belgiyalik vingeri Eden Azarga munosib o‘rinbosar topib qo‘ydi.

Tecno

Goal.com tarqatgan xabarga qaraganda "aristokratlar" bosh murabbiyi Mauritsio Sarri ushbu joyga "Yuventus" forvardi Paulo Dibalani munosib ko‘rmoqda. Biroq, turinliklar 25 yoshli argentinalik futbolchini mavsum o‘rtasida qo‘yib yuborishmoqchi emas. Shu bois londonliklar Dibalani sotib olishga yozgi transferlar davrida urunib ko‘rishlari mumkin.

Ma’lumot uchun, Dibala “Yuventus” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 22ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, Azarga Madridning "Real" klubidan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!