"Chelsi" Kovachichning transferini to‘liq sotib olmoqchi
Londonning "Chelsi" klubi "Real" Madrid bilan xorvatiyalik yarim himoyachi Mateo Kovachichning transferi borasida muzokaralarni boshladi.
Evening Standard nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” mavsumni ijara asosida o‘z safida o‘tkazayotgan 24 yoshli futbolchining transferini “qirollik klubi”dan to‘liq sotib olishmoqchi.
O‘z navbatida “Chelsi” “Real”ning ushbu vaziyatdan foydalanib belgiyalik vinger Eden Azarni o‘z safiga qo‘shib olishidan ham cho‘chimoqda.
Ma’lumot uchun, Kovachichi joriy mavsum “Chelsi” safida jami 7ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar