"Chelsi" "Liverpul"ning rekordini yo‘qqa chiqaradi

  • 07.08.2018 21:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Chelsi" klubi darvozabonlar o‘rtasidagi transfer rekordini yangilashi kutilmoqda.

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "Atletik" Bilbao klubi darvozaboni Kepa Arrisabalaga yaqin 2 kun ichida “aristokratlar” a’zosiga aylanadi. Ma’lumotlarga qaraganda 23 yoshli ispaniyalik posbon yangi jamoasi bilan muzokaralarni yakunlash uchun Madridga etib kelgan. U ertaga Londonga keladi va “Chelsi”da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

O‘z navbatida “Chelsi” Arrisabalaga uchun “Atletik”ga uning shartnomasida keltirilgan 80 million evrolik tovon pulini to‘laydi va bu bilan uni futbol tarixidagi eng qimmat darvozabonga aylantiradi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda ushbu nom “Liverpul” posboni Alisson Bekerga tegishli. Mersisaydliklar uni joriy yoz “Roma”dan 62,5 mln evroga xarid qilishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!