"Chelsi" Petr Chexga umrbod ish taklif qildi

  • 21.02.2019 16:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor bundan avvalroq "Arsenal" posboni Petr Chex mavsum yakunlangach faoliyatini yakunlashi haqida ma’lum qilgan edi.

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "Chelsi" chexiyalik sobiq darvozaboniga umrbod ish taklif qilgan. Chex katta ehtimol bilan “aristokratlar”ning yoshlar jamoasida murabbiylik faoliyatini olib borishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Petr Chex 2004-2015  yillar davomida "Chelsi" sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!