“Chelsi” Villianni “Barselona”ga cotmadi

  • 29 iyun, 2018, 21:40
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Chelsi” jamoa yarim himoyachisi Villianni “Barselona”ga sotishdan bosh tortdi, deya xabar beradi Daily Mail nashri.

Manbada yozilishicha, Ispaniya chempioni 29 yoshli futbolchi uchun 50 million funt taklif qilgan. Katalon klubi ayni damda Yaponiya chempionatiga yo‘l olgan Andres Inestaga o‘rinbosar qidirmoqda.

Avvalroq londonliklar ustozi Antonio Konte jamoani tark etadigan bo‘lsa, Villian, Eden Azar va David Luis “Chelsi”dan boshqa klubga o‘tishlari ma’lum qilingan edi.

O‘tgan mavsum Villian barcha turnirlarda 55 o‘yinda 13 gol va 12 golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali bo‘yicha braziliyalik futbolchi 32 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!