“Chelsi” etakchisi Antonio Kontedan minnatdor bo‘ldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

“Chelsi” jamoasi yarim himoyachisi Eden Azar Angliya chempionatidagi g‘alaba va chempionlikdan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Muxlislar bilan g‘alabani nishonlash – haqiqiy bayram! “Vest Bromvich”ga qarshi o‘yin oson o‘tmadi, ammo yakunda g‘alaba nashidasini surdik.

Murabbiyni bir necha bor e’tirof etdik. U fantastik murabbiy va biz mashg‘ulotlarda ko‘p ishlamoqdamiz. Unga va barcha futbolchilarga qoyil qolish kerak. Men Kontedan minnatdorman”, – dedi Azar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!