"Chelsi" futbolchisi A Seriya klubiga o‘tdi
Londonning "Chelsi" klubi himoyachisi Temitayo Ayna faoliyatini "Torino"da davom ettirishga juda yaqin turibdi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra turinliklar 21 yoshli nigeriyalik futbolchini keyinchalik sotib olish sharti bilan 1 yilga ijaraga olishadi. Futbolchi bugun yangi jamoasida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Ayna o‘tgan mavsumni Chempionshipda "Xall Siti" tarkibida ijara asosida o‘tkazgan va 44ta o‘yinda ishtirok etib, jamoasining 3ta goliga assistentlik qilishga erishgan.

Fikrlar