"Chelsi" o‘z safiga tajribali hujumchi qo‘shib olmoqchi
Londonning “Chelsi” klubi yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida o‘zining hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi.
Express nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” bu borada “Bavariya” forvardi Robert Levandovski hamda “Lester” forvardi Jeymi Vardi nomzodlarini ko‘rib chiqishmoqda.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli polshalik futbolchi joriy mavsum myunxenliklar safida jami 24ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 22ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. 31 yoshli angliyalik futbolchi esa “tulkilar” safida 16ta o‘yinda ishtirok etdi va raqiblari darvozasiga 6ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.



Fikrlar