"Chelsi" yarim himoyachisi faoliyatini "Milan"davom ettirishga yaqin turibdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Chelsi" klubi yarim himoyachisi Temue Bakayoko faoliyatini "Milan"da davom ettirishga yaqin turibdi.

Italiya OAV xabar berishicha, tomonlar transfer tafsilotlarini kelishib olishgan.

"Rossonerlar" yangi texnik direktori Leonardo "Milan" - "Real" uchrashuvini tomosha qilish uchun Madridga bormasdan, londonliklar bilan ushbu ko‘chib o‘tishni amalga oshirish borasida muzokaralar olib bormoqda.

Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, "Milan" 23 yoshli futbolchini 35 million evroga sotib olish huquqi bilan 1 yilga ijaraga olishni rejalashtirishmoqda.

Yaqin 48 soat ichida xavbek tibbiy qo‘rigdan o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!