"Chelsi"ning yangi a’zolari o‘zlari uchun raqam tanlashdi

  • 10 avgust, 2018, 22:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dunyoning eng qimmat darvozaboni Kepa Arrisabalaga “Chelsi”da 1-raqam ostida to‘p suradigan bo‘ldi.

Aytish kerakki, bundan avval ushbu raqam jamoaning argentinalik posboni Villi Kabaleroga tegishli edi. Biroq, u 1-raqamni yangi jamoadoshiga topshirdi va o‘ziga 13-raqamni oldi.

Bundan tashqari “Real”dan kelgan Mateo Kovachich o‘ziga 17-raqamni, “Kristal Pelas”dan ijaradan qaytgan Ruben Loftus-Chik esa 12-raqamni tanladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!