
Chexiya terma jamoasining asosiy hujumchisi Rossiyaga qarshi o‘yinda ishtirok eta olmasligi mumkin
Chexiya terma jamoasi hujumchisi Patrik Shik bugun Rossiya terma jamoasiga qarshi bahsda maydonga tushmasligi mumkin.
Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli “Roma” futbolchisining oshqozoni bezovta qilmoqda. Uning o‘yinda ishtirok etish yoki etmasligi yaqin soatlar ichida ma’lum bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Rossiya – Chexiya bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.
Fikrlar