
De Bryuyne: “MYu” bilan o‘yinda chempionlikni rasmiylashtirish ajoyib bo‘lardi
“Manchester Siti” jamoasi yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne “MYu”ga qarshi APL 32-turi oldidan o‘z fikrini bildirar ekan, bo‘lajak o‘yinda chempionlikni rasmiylashtirish ajoyib bo‘lishini aytdi.
“MYu” bilan o‘yinda chempionlikni rasmiylashtirish ajoyib bo‘lardi. Bo‘lajak bellashuvda zafar quchsak, muxlislarimiz uchun zo‘r sovg‘a bo‘lardi. Bu o‘zgacha, tarixiy voqea bo‘lardi. Chempionlikni qanchalik tezroq rasmiylashtirsak, shuncha yaxshi.
O‘shanda boshqa o‘yinlarga e’tiborni kuchaytira olardik. Oldimizdagi taqvim oson emas: “Liverpul”, “MYu” va yana “Liverpul”. Keyin esa “Tottenxem” bilan o‘yin ham bor. Ajoyib-a?”, – dedi belgiyalik futbolchi.
Fikrlar