Dele Alli Angliya terma jamoasining maqsadi nima ekanligini aytdi
Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Dele Alli jamoasining kelajakdagi maqsadlari haqida gapirib o‘tdi.
“Bizning maqsadimiz – dunyoning eng kuchli terma jamoalaridan biri sifatida e’tirof etilishimiz. Bu qiyin vazifa, ammo biz o‘zimizga va murabbiyimizga ishonamiz.
Biz bunga erishishimiz mumkinligiga chin dildan ishonamiz va menimcha, bu eng muhimidir. Biz jahon chempionatida juda yaxshi ishtirok etdik va yarim finalgacha etib bora oldik. O‘shanda biz haqimizda ko‘plab ijobiy fikrlar bildirildi. Bu esa xalqimiz uchun katta sharaf ekanligini bilganmiz.
Oldinda esa qiladigan ishlarimiz juda ko‘p va biz buni his qilib turibmiz”, - deydi Alli.
Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi bugun o‘z maydonida Xorvatiyaga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar