
Denis Istomin juftlik bahslarida qattiq kurashdi
O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin yangi mavsumni mag‘lubiyat bilan boshladi.
Tailandda o‘tkazilayotgan "Bangkok Challenger - 2017" xalqaro turnirining juftlik bellashuvlarini rossiyalik Mixail Elgin bilan birga o‘tkazayotgan hamyurtimiz dastlabki bahsda frantsiyalik Grigori Barrera va Jonatan Esserik bilan raqobatlashdi.
Keskin va murosasiz o‘tgan uchrashuvda frantsiyalik tennischilar juftligi 7:6, 6:4 hisobida zafar quchib, keyingi davraga chiqdi.
Endi Denis Istomin yakkalik bahslarida o‘ynaydi. Ikkinchi raqamda saralangan hamyurtimiz dastlabki bosqichda mezbonlar vakili Gongsup Gongkar bilan raqobatlashadi.
Fikrlar