
Denis Istomin yarim finalda kim bilan o‘ynaydi?
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Qozog‘istonda o‘tayotgan "Chellenjer" musobaqasida yarim finalga chiqqani haqida xabar bergan edik.
Olmaota shahrida erkaklar o‘rtasida o‘tkazilayotgan ushbu turnirning yarim finalida D.Istomining raqibi ma’lum bo‘ldi. Teniischimiz mazkur bosqichda chexiyalik Lukash Rosolga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, Istomin chorak finalda serbiyalik Miomir Ketsmanovichni 6:3, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Fikrlar