Denis Istominni mag‘lub qilgan tennischi yarim finalga chiqdi
Xabaringiz bor Gshtaad shahrida erkaklar o‘rtasida "J.Safra Sarasin Swiss Open Gstaad" turniri o‘tkazilmoqda.
Mazkur musobaqaning chorak final bahslarida estoniyalik Yurgen Zopp argentinalik Fakundo Banisni 3:6, 6:4, 6:3 hisobida enggan bo‘lsa, italiyalik Matteo Berrettini ispaniyalik Felisiano Lopes ustidan 6:4, 6:3 hisobida zafar quchdi.
Shuningdek, ushbu bosqichda serbiyalik Laslo Dere va ispaniyalik Roberto Bautista-Agut g‘alaba qozonib navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.
Bugun Yurgen Zopp va Matteo Berrettini, Laslo Dere va Roberto Bautista-Agut yarim final bahslarida o‘zaro raqobatlashadi.

Fikrlar