Denis Istominning yarim finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi

CHERY AUTO
Avstriyaning Kittsbyuel shahrida o‘tkazilayotgan "Generali Open" turnirida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin yarim finaliga chiqdi.
 
Denis Istomin ikkinchi davrada germaniyalik Filip Kolshrayberni 5:7, 6:3, 6:1, chorak finalda yana bir germaniyalik tennischi Maksimilyan Martererni 6:3, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
 
Shu tariqa, Denis turnirning yarim finalida chili vakili Nikolas Xarriga qarshi o‘yin o‘tkazadigan bo‘ldi. Ushbu o‘yin ertaga Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!