
Denisovga yana bir raqobatchi paydo bo‘ldi
Moskvaning “Lokomotiv” klubi Nigeriya terma jamoasi himoyachisi Brayan Idovuni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Rossiyaning amaldagi chempioni safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan 26 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan 3 yillik shartnoma imzolagan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Lokomotiv” o‘zbekistonlik himoyachi Vitaliy Denisov bilan ham amaldagi shartnomani uzaytirgan edi.
Fikrlar