Denni Uelbek “Arsenal” umumiy mashg‘ulotlariga kirishdi
Londonning “Arsenal” klubi hujumchisi Denni Uelbek jamoa umumiy mashg‘ulotlariga kirishdi.
Bu haqda “to‘pchilar” bosh murabbiyi Arsen Venger Angliya Premer Ligasi 18-turi doirasi o‘tkazilgan “Vest Bromvich” uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida e’lon qildi.
Qayd etish joiz, angliyalik futbolchi APL o‘tgan mavsum 22-turida “Manchester Siti”ga qarshi o‘tkazilgan bahsda tizzasidan olgan jarohat sabab, maydonni erta tark etgan edi.

Fikrlar