Devid Moyesni Frantsiyaga chorlashmoqda
Shotlandiyalik mashhur mutaxassis Devid Moyes Frantsiya chempionatida ish boshlashi mumkin. Bu haqda The Mirror nashri xabar bermoqda.
"Everton" va "Manchester Yunayted" klublarining sobiq bosh murabbiyiga "Nant" jamoasidan takliflar bo‘lmoqda. Aytish lozimki, “Nant” joriy mavsumni ancha omadsiz boshladi. Ular chempionatning o‘tgan 7ta turidan so‘ng musobaqa jadvalida 19-o‘rinda borishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Moyesning so‘nggi ish joyi Londonning “Vest Xem” klubi bo‘lgan edi.
Fikrlar