Donna Vekich yangi yilda o‘zini ko‘rsatishni boshladi
Xorvatiyalik tennischi Donna Vekich Brisben shahrida o‘tayotgan musobaqaning yarim final bosqichiga muvaffaqiyatli chiqib oldi.
Donna turnirning chorak finalida belaruslik Aleksandra Sosnovichga qarshi o‘yin o‘tkazib, ushbu o‘yinda 6:2, 6:0 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa "Brisbane International" musobaqasida Vekich chexiyalik Karolina Plishkova, yoki avstraliyalik Ayla Tomlyanovichga qarshi yarim final bahsida kuch sinashadi.
Fikrlar