
Duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati g‘oliblari aniqlandi
Qarshi shahrida duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati va birinchiligi yakunlandi.
20 va undan katta bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi musobaqalardagi chempionat bahslarida Dmitriy Zaytsev (Samarqand) birinchi, Kamronxon Umarov (Qashqadaryo ) ikkinchi, Valeriy Ponomaryov (Toshkent sh.) uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ayollar o‘rtasidagi musobaqalarda Yulduz Jo‘raeva (Qashqadaryo) birinchi, Irodaxon Olimova (Farg‘ona) ikkinchi, Gulnora Axmedova (Surxondaryo) uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
1999-2000 yillarda to‘g‘ilgan yoshlar o‘rtasidagi musobaqalarda Toshkent shaxri vakili Umidbek Alimov birinchi, andijonlik Muxammadaziz Tursunboev ikkinchi, sirdaryolik Aziz G‘aniev uchinchi o‘ringa ega bo‘ldi. Shu yoshdagi qizlar bahsida Latofat Sodiqova (Toshkent sh.) birinchi, Sevara Suyarova (Navoiy) ikkinchi, Dilafruz Saidova (Xorazm) uchinchi o‘rinni band etishdi.
Chempionatda umumjamoa hisobida Qashqadaryo viloyati vakillari birinchi, Surxondaryo viloyati duatlonchilari ikkinchi, Farg‘ona viloyati vakillari uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Duatlon bo‘yicha O‘zbekiston birinchiligida 17 yoshgacha bo‘lgan sportchilar g‘oliblik uchun imkoniyatlarini ishga solishdi. Natijalarga ko‘ra, o‘g‘il bolalar o‘rtasida qashqadaryolik Jahongir Samiev birinchi, poytaxtlik Kamron Xodjaev ikkinchi, Andijon viloyati sportchisi Muxammadqodir Nuriddinov uchinchi o‘ringa ega bo‘ldi. Shu yoshdagi qizlar musobaqasida Arina Mirzabekova (Toshkent sh.) birinchi, Sevara Boboqulova (Qashqadaryo) ikkinchi, Diana Demyaninko (Sirdaryo) uchinchi o‘rinni egalladi.
- O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi Vatanparvar tashkiloti, Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi tomonidan yillik musobaqalar taqvimiga kirgan oltita turnir mart oyida tashkil etildi. Bular pnevmatik quroldan o‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi, yozgi biatlon bo‘yicha O‘zbekiston kubogi, avtokross bo‘yicha O‘zbekiston kubogining birinchi bosqichi, radioaloqa sporti bo‘yicha mamlakat chempionati, motokross bo‘yicha O‘zbekiston kubogi hamda duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati va birinchiligi. Musobaqalar natijasiga tayanib shuni ishonch bilan aytish mumkinki, texnik va amaliy sport turlari mamlakatimiz yoshlari orasida yildan yilga rivojlanib bormoqda, - deydi Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi bo‘lim boshlig‘i A.Ziyaev.
Fikrlar