
"Dubai cup". Futbolchilarimiz durang bilan boshlashdi
Bugun vakillarimiz musobaqadagi dastlabki o‘yinni Yaponiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazishdi va 2:2 hisobidagi jangovar durangni qayd etishdi.
Terma jamoamiz safida gollarga 14-daqiqada Aziz Omonov, 29-daqiqada Oston O‘runovlar mualliflik qilishdi.
Ikkinchi o‘yinda mezbonlar BAA terma jamoasi Quvaytni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Futbolchilarimiz endi navbatdagi o‘yinni 17 noyabr kuni aynan BAA terma jamoasiga qarshi o‘tkazishadi. 20 noyabr kuni esa olimpiyachilarimizni Quvaytga qarshi bahs kutib turibdi.
Fikrlar