Eden Azar "Chelsi"ning "Manchester Siti"dan asosiy farqi nimada ekanligini aytdi

  • 07.12.2018 09:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning “Chelsi” klubi vingeri Eden Azar jamoasining APL peshqadami “Manchester Siti”dan asosiy farqi nimada ekanligini ko‘rsatib o‘tdi.

“Manchester Siti”da hujum chizig‘ida bizga nisbat tanlovlar ko‘proq. Biz to‘pni o‘zimizda ko‘proq saqlab turamiz, ammo aksariyat futbolchilarimiz individual mahoratini ko‘rsatishga urunishadi. “Siti”da esa barchasi jamoaviy o‘yinga bog‘langan. Ularning tarkibidagi futbolchilar maydonda tinmay yugurishadi va buning natijasida bo‘sh zonalar paydo bo‘ladi. Ular ko‘proq imkoniyat yaratishadi va ko‘proq gol urishadi.

Lekin ularda Eden Azar yo‘q. Eng katta farq mana shu”, - deydi belgiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, APLning yaqinlashib kelayotgan 16-turida "Chelsi" o‘z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qiladi. Uchrashuv 8 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, “shaharliklar” ayni damda musobaqa jadvalida peshqadamlik qilishmoqda, “aristokratlar” esa hozircha uchinchi pog‘onada.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!