Ektor Kuper: 1/8 finalda kim tushishining ahamiyati yo‘q
Bugun mazkur uchrashuv oldidan har ikkala jamoa vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper va futbolchi Javohir Sidiqov qatnashdi.
"Ertaga Osiyoning kuchli jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushamiz. Biz faqat ertangi o‘yin haqida emas, pley-off bahsi haqida ham o‘ylayapmiz. 1/8 finalda qaysi raqibga qarshi maydonga tushishimizning ahamiyati yo‘q. Raqib tanlash kerak emas.
Ertaga faqat uch ochko uchun maydonga tushamiz. Maqsadimiz guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritish. Yaponiyaga qarshi o‘zimizni eng yaxshi o‘yinimizni namoyish qilmoqchimiz", - dedi argentinalik mutaxassis.
Fikrlar