Ektor Kuper: Bugun eng yaxshi o‘yinlarimizdan birini o‘tkazdik

  • 13 yanvar, 2019, 23:33
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

"Natijadan to‘liq qoniqish hosil qildim. Birinchi bo‘limni juda yaxshi o‘tkazdik. Eng yaxshi o‘yinlarimizdan biri bo‘ldi. Keyingi o‘yinda ham o‘yinimizni yanada yaxshilab, ijobiy natijaga erishishga harakat qilamiz.

Bugungi o‘yinda himoya chizig‘idan ko‘nglim to‘ldi. Ba’zi xatolarimiz bor. O‘yindan o‘yinga bu xatolarni to‘g‘irlashga va jamoamizni yanada shakllantirishga harakat qilamiz.

Har bir murabbiyning o‘z o‘yin uslubi bor. Bizning asosiy maqsadimiz natijaga erishish. O‘yin qanday bo‘lishidan qat’iy nazar o‘zimizga kerakli natijaga erishish. Ummonga qarshi o‘yinda ham bugungidek harakat qilmoqchi edik. Lekin natija uchun ehtiyotkorroq o‘ynashga majbur bo‘lgandik. Bugun barcha rejalarimiz amalga oshdi.

Men har doim butun jamoa o‘yinini tahlil qilishga harakat qilaman. Alohida futbolchilar haqida fikr bildirmayman. Lekin ististno sifatida aytishim mumkink, Ikrom Aliboevni bugun markazda o‘ynatdik. U juda yaxshi futbolchi. Istalgan pozitsiyada o‘ynay oladi", - deb aytib o‘tdi argentinalik mutaxassis.

Manba: O‘FA

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
14/01/2019 02:12
Хаммасини уйин курсатади
Searcher Man
14/01/2019 01:00
Японияга карши уйинда чиройли галаба кутиб коламиз!
&
Salim Egamberdiev
13/01/2019 23:56
Зур ўйин бўлди рахмат футболчиларга чемпион ЎЗБЕКИСТОН...