
Emeri: “Arsenal” uchun yozda pul sarflash imkoniyati bor
“Arsenal” jamoasi bosh murabbiyi Unai Emeri qishki transfer mavsumini xaridsiz yakunlashi haqida ma’lum qildi, deya xabar beradi Goal.
“Klub rahbariyati ayni damda ko‘p futbolchilar xarid qilish shart emasligini ma’lum qildi. Shu bilan birga pullarni yozda sarflash imkoniyati bor ekanini ham aytishdi. Men uchun yangi futbolchilarni xarid qilish osonroq, ammo men jamoam bilan ishlashni xush ko‘raman.
Mening vazifam – qo‘l ostimdagi futbolchilarni kuchliroq qilishdan iborat. Shogirdlarimdan mamnunman va APLda munosib kurash olib bormoqdamiz. Chempionatdagi vazifamiz kuchli to‘rtlikda qolish”, – dedi Emeri.
Ma’lumot uchun, “Arsenal” 44 ochko bilan APL turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar