
Eng ko‘p va eng kam muxlislar Toshkentdagi uchrashuvlarda
SPORTS.uz sayti har turdan so‘ng muxlislar tashrifi borasidagi statistikani tuzib chiqadi. Bu gal ham ushbu an’ana davom etdi.
20-turda Superliganing 6 o‘yinini tomosha qilish uchun stadionlarga jami 47583 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. Bu ko‘rsatkich bir uchrashuvga o‘rtacha 7930ni tashkil qiladi.
Eng ko‘p muxlis Toshkentdagi “Paxtakor” – “Lokomotiv” qarama-qarshiligini kuzatdi – 16280. Vodiy derbisi “Neftchi” – “Navbahor” bahsiga 7241 ishqiboz keldi. Bu bellashuvga Namangandan juda ham ko‘p muxlislar kelgani va “Istiqlol” stadionida mezbonlardan ko‘p ekanligi e’tiborga molik. “Lochinlar” muxlislari safardagi o‘yinlarni ham uydagidek ko‘pchilik bilan qarshi olishmoqda.
Eng kam muxlis esa Toshkentdagi “Bunyodkor” – “Qo‘qon-1912” bellashuvida qayd etildi – 3174.
Quyida yigirmanchi turga kelgan eng ko‘p muxlislar ketma-ketligi bilan tanishishingiz mumkin:
"Paxtakor" – "Lokomotiv" 1:1. 16280 tomoshabin.
"Buxoro" – "Metallurg" 2:1. 12000 tomoshabin.
"Neftchi" – "Navbahor" 2:1. 7241 tomoshabin.
"So‘g‘diyona" – "Nasaf" 0:1. 5700 tomoshabin.
AGMK – "Qizilqum" 3:0. 3188 tomoshabin.
“Bunyodkor” – “Qo‘qon-1912” 1:3. 3174 tomoshabin.
Fikrlar