
Entoni Joshua Klichkoni jangga chaqirmagan ekan
Super og‘ir vazn toifasining WBC versiyasi bo‘yicha amerikalik Deontey Uaylder so‘zlariga ko‘ra, Entoni Joshua uchun Vladimir Klichkodek tajribali bokschiga qarshi ringga chiqishga erta ekan.
– Eddi Xirn (Entoni Joshuaning promouteri) uni bunga majbur qilmoqda. Joshua Klichkoni jangga chiqirmagan. Barchasini Xirn qilgan. Xirn Playstation o‘yinchisi sifatida virtual voqealikda Joshuani boshqarmoqda. Joshuaga o‘sishi uchun vaqt kerak. O‘ylaymanki, Eddi Xirn nomdor bokschilar bilan jang tashkil qilishni istayotir. Xirn o‘z bokschilarini o‘ldirmoqda. U nima qilishni bilmayapti, – deydi Deontey Uaylder BoxingScene nashriga.
Eslatib o‘tamiz, IBF, IBO va WBO chempionlik kamarlari uchun kechadigan jang 29 aprel kuni Londondagi muhtasham “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar