Erik Toxir "Inter"dagi aktsiyalarini sotib yubordi
Indoneziyalik biznesmen Erik Toxir “Inter”dagi 31,05 foiz aktsiyasini Gonkongning LionRock Capital investitsiya fondiga sotib yubordi. Bu haqda “neradzurrilar” rasmiy sayti xabar bermoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, Toxir o‘z aktsiyalarining asosiy qismini 2016 yil Xitoyning Suning Holdings Group kompaniyasiga sotgan edi.
Ma’lumot uchun, Erik Toxir “Inter” aktsiyalarini 2013 yil Massimo Morattidan xarid qilgan edi.

Fikrlar