
Erkin G‘aybullaev blogi: «Intizomsiz» Dembele o‘ziga kelmoqdami?
Bu mavsumda muammolar girdobida qolib ketayotgan frantsiyalik hujumchi La Liganing so‘nggi turida nimalarga qodir ekanligini amalda yana bir bor isbotladi. 2019-yil yanvarida Premer Ligaga ko‘chib o‘tishi haqidagi xabarlar tinmayotgan bir pallada u yana e’tibor markazida.
Usmon Dembele kutilmagan, vaqti kelsa boshqalardan tubdan farq qiladigan o‘yin ko‘rsata oladi, agar «Barselona» bu frantsuzdan muntazam ravishda eng yaxshi vingerni kashf eta olsa, uning Kataloniyadagi omadsiz boshlangan yurishi tez orada unitib yuboriladi.
O‘yinchining o‘ng qanotdagi omadli ishtiroki «Barselona»ning «Vilyareal»ga qarshi 2:0 hisobidagi g‘alabasi sari etakladi. O‘z jamoasinining muvaffaqiyatiga hissasini qo‘sha olgan Dembele mehmonlarni tahlikaga solgan o‘yinchilardan biri bo‘ldi.
Bundan tashqari Lionel Messi tomonidan Alenyaga uzatilgan chiroyli pas ikkinchi golga sabab bo‘ldi va Dembelening uchrashuv davomida maydondagi eng yaxshi futbolchi ekanligi yaqqol sezilib turdi.
O‘yindagi tub burilish, 21 yoshli yigitcha raqib jamoa futbolchisi Alfonso Pedrazani dog‘da qoldirgani bo‘ldi.
Dembele shartnomasi yakunigacha shu alfozda ishlashni davom ettirishi kerak, ko‘pchilik Dembele kabi tajovuzkor va intizomsiz o‘yinchilarni sotib yuborishni mag‘lub qiluvchi qurol sifatida foydalanmoqchi bo‘lishadi.
«Barselona» to‘pga egalik qilish bilan taniqli jamoalardan biri hisoblanadi, biroq Dembele muhlislarga biroz farqli, ya’ni jo‘shqinlik beradigan, mustahkam himoyani ham yorib o‘tadigan o‘yin uslubini taqdim etadi.
«Vilyareal» himoyada yomon o‘ynamadi, ammo ta’kidlash kerakki, Dembele ikkala oyoqda ham yaxshi o‘yin ko‘rsata oldi, bu yosh frantsiyalik futbolchiga raqib o‘yinchisi Pedrazani dog‘da qoldirib Pikening goliga asistentlik qilishiga olib keldi.
O‘yin boshida «Barselona»ning afsonaviy o‘yinchisi Kruyff kabi tuzkor harakatlari muvaffaqiyatli chiqdi va «Kamp Nou»dagi muhlislarni ham hayratlantirdi. Bu futbolchini tanqid qilgan mahaliy jurnalistlarning ham, muxlislarning ham olqishiga sazovor bo‘ldi.
2017-yil yozida «Barselona» Dembeleni «Borussiya Dortmund»dan 147million evroga (130 million AQSh dollari) sotib olganida mana shunday o‘yin namoyish qilishiga umid qilgan edi.
Bu futbolchining ham xavotirlari, ham ishtiyoqi ko‘zga tashlangan o‘yini bo‘ldi, bir yarim yil avval Dembeleda aynan shu ishtiyoq etishmaganligi uchun kataloniyaliklar muxlislari undan norozi bo‘lishgandi.
O‘z jamoadoshlari – Pike va Luis Suares tomonidan futbolchida professionallikning etishmasligi haqidagi tanqidlari Dembele uchun klubni tark etish xavfini ham vujudga keltirgandi.
Biroq «Atletiko Madrid» va «Barselona» o‘rtasidagi uchrashuvda durangga olib kelgan golidan keyin Dembele oxirgi ikki hafta davomida jamoadagi mavqeini yanada oshirish uchun samarali mehnat qildi.
Ernesto Valverde tomonidan undan avvalgi o‘yinda tarkibga kiritilmaganidan keyin Dembele zahiradan o‘yinga tushib, jamoasini qutqarib qoldi.
Aynan shu tufayli u Chempionlar Ligasida «PSV»ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda tushish imkoniyatini ochib berdi. Frantsiyalik iqtidor egasi «Barselona»ga «B guruhi»da birinchi o‘rinni egallab nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga yordam berdi. Uning «Vilyarreal»ga qarshi o‘yini to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganini ko‘rsatib berdi.
Dembele hali yosh, umidli o‘yinchi, uni oldinda uzoq yo‘l kutmoqda. O‘zining niyatlari qanday bo‘lmasin, bu yo‘lda adashishi, xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin. Biroq agar «Barselona» Dembeleni yo‘l chetida qoldirmasdan unga yordam bersa, kelajakda ularni muvaffaqiyatlar kutib turganini biladi.
Fikrlar