Erkin kurash: Davit Modzmanashvili muddatidan avval chorak final yo‘llanamasini qo‘lga kiritdi

Osiyo o‘yinlarining ikkinchi kungi bahslar davom etmoqda.

Kun dasturidan o‘rin olgan erkin kurash bahslarida 125 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Davit Modzmanashvili 1/8 final bosqichida indoneziyalik Dimas Septo Anugharaga qarshi gilamga ko‘tarildi.

Hamyurtimizning to‘la ustunligida o‘tgan bahs muddatadan oldin 10:0 hisobi bilan yakunlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!