Eron terma jamoasi hujumchisi faoliyatini APLda davom ettiradi
Gollandiyaning AZ klubi hujumchisi Alirizo Jaxonbaxsh faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
De Telegraaf nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli eronlik futbolchi tez orada “Brayton” bilan shartnoma imzolaydi. Uning transferi esa golland klubi uchun rekord darajada, ya’ni 25 mln funt daromad olib keladi.
Ma’lumot uchun, Jaxonbaxsh o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra 33ta o‘yinda 21ta gol urib, Gollandiya chempionati to‘purari bo‘lgan edi. Bundan tashqari 12ta golga assistentlik qilgan Eron terma jamoasi a’zosi chempionatda bu borada 3-o‘rinni egallagan.

Fikrlar