
"Everton" "Chelsi"ning 2 nafar a’zosiga qiziqish bildira boshladi
"Everton" klubi "Chelsi"ning ikki nafar futbolchisi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra gap yarim himoyachi Ruben Loftus-Chik hamda hujumchi Mishi Batshuayilar haqida ketmoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, ushbu ikkala futbolchi ham “Chelsi”ning asosiy tarkib futbochilari hisoblanmaydi. Batshuayi o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini Dortmundning "Borussiya" klubida ijarada o‘tkazgan bo‘lsa, Loftus-Chik "Kristal Pelas"da ijarada o‘ynagan.
Fikrlar