Evgeniy Cheremisin: Hisob o‘yinga mos bo‘ldi
Xabaringiz bor kecha Superliganing qoldirilgan 14-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Jumladan, shu kuni Qarshining “Nasaf” klubi o‘z maydonida Navoiyning “Qizilqum” klubini qabul qildi. Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi.
O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etgan navoiyliklar darvozaboni Evgeniy Cheremisin o‘zining uchrashuv haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
“O‘yin haqida nima deyishim mumkin. Ikkala jamoada ham gol urish uchun yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi. Ammo buni hech kim golga aylantira olmadi. Hisob o‘yinga mos bo‘ldi. Muhimi, mag‘lubiyatga uchramadik. Durang ham yaxshi natija. Ammo g‘alaba qozona olmaslik ham yaxshi emas”, - deydi tajribali darvozabon.

Fikrlar