Evro-2016 finalida g‘alaba to‘pini kiritgan futbolchidan chempionlik medalini o‘g‘irlab ketishdi
Evro-2016 finalida g‘alaba to‘pini kiritib, Portugaliyaga g‘oliblikni taqdim etgan hujumchi Ederdan chempionlik medalini o‘g‘irlab ketishdi.
“Mening chempionlik medalim chiroyli, maxsus qutida saqlanar edi. U men uchun juda qadrli edi. Ammo o‘g‘rilar uyimga bostirib kirib, uni olib chiqib ketishibdi”, - deydi futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Eder o‘tgan mavsumni hamyurtimiz Vitaliy Denisov bilan birga Moskvaning “Lokomotiv” klubida o‘tkazgan va Rossiya chempionligini qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar