Evrokuboklarda xet-trik qayd etgan ilk yaponiyalik futbolchi haqida eshitdingizmi?

  • 09.11.2018 11:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avstriyaning "Red Bull Zaltsburg" klubi forvardi Takumi Minamino noyob natijani qayd etdi.

Gracenote Live nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli futbolchi evrokuboklarda xet-trik qayd etgan ilk yaponiyalik futbolchiga aylandi.

Eslatib o‘tish lozimki, Minamino o‘zining tarixiy natijasini Evropa ligasining "Rusenborg"ga qarshi bahsida qayd etdi. Yakunda uning jamoasi 5:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Ma’lumot uchun, Takumi Minamino UEFA tomonadin Evropa ligasining joriy haftadagi eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlar qatoriga kiritildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!