Evroliga. "Real" safarda ishonchli g‘alaba qozondi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Tunda basketbol bo‘yicha Evroliganing chorak final doirasidan o‘rin olgan bir qator bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Murosasiz kechgan qarama qarshiliklarning birida Gretsiyaning "Panatinaikos" jamoasi o‘z maydonida Madridning "Real" klubini qabul qildi. Birinchi chorak yakuni bo‘yicha maydon egalari 5 ochkolik farq bilan oldinga o‘tib olishgan edi. Biroq qolgan bo‘limlarda madridliklar tashabbusni berishmadi va 89:82 hisobida ustun kelishdi. Ushbu g‘alabadan keyin seriyalar bo‘yicha hisob tenglashdi 1:1.

O‘tkazilgan yana bir bellashuvda TsSKA o‘z parketida "Ximki"ni 89:84 hisobida mag‘lub etib, seriyalar bo‘yicha holatni 2:0 holatiga keltirdi. Eslatib o‘tamiz, Evroligada qo‘lga kiritilgan uchinchi g‘alaba jamoani keyingi bosqichga olib chiqadi. 

"Panatinaikos" Gretsiya  –  "Real Madrid" Ispaniya 82:89 (21:16, 19:20, 21:32, 21:21)

TsSKA Moskva Rossiya  –  "BK Ximki" Rossiya 89:84 (24:22, 19:23, 25:21, 21:18)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!