“Eybar” U-15 jamoasi Toshkentga keldi

  • 13.10.2018 10:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, joriy yilning aprel oyida O‘zbekiston Professional futbol ligasi Ispaniya La ligasi bilan ikki tomonlama yaqindan hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishgandi.

Mazkur hamkorlik doirasida, bugun Ispaniya Primerosida ishtirok etayotgan “Eybar” klubining U-15 jamoasi yurtimizga tashrif buyurdi. Ertaga esa Azamat Abduraimov boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Toshkentda “Eybar” klubining U-15 jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Bugun, 13 oktyabr soat 14:00da O‘FA matbuot anjumanlari zalida “Eybar” U-15 jamoasi bosh murabbiyi Antxon Charola Eskudero hamda Azamat Abduraimov ishtirokida o‘yinoldi matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. 

Ta’kidlab o‘tamiz, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining “Eybar” U-15 jamoasiga qarshi bahsi 14 oktyabr kuni poytaxtimizdagi TTYMI stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin soat 15:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!